Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, Respublika musiqa va sanʼat texnikumi, Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk texnikumi, Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyining mutaxassislik fanlari boʻyicha pedagog kadrlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Musiqa madaniyati” fani o‘qituvchilarining oʻquv fanidan malaka sinovlarini ijodiy va nazariy (ogʻzaki, yozma) shaklda joriy yilning 13-apreldan 27-aprelgacha o‘tkazilishi belgilandi.
📍 Hududlar kesimida pedagog kadrlarning o‘quv fanidan malaka (ijodiy, nazariy) sinovlarini o‘tkazish joyi, manzili va sanasi reja-grafikda belgilangan.
📄 O‘quv fanidan malaka (ijodiy, nazariy) sinovlarida ishtirok etish uchun talab qilinadi – Shaxsni tasdiqlovchi hujjat va murojaat yuborishda to‘ldirilgan SO‘ROVNOMA
⏺Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
