Korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni, huquqiy ong va madaniyatni bolalikdan shakillantirish maqsadida Bulung‘ur tuman prokuraturasi tomonidan maktablarga haftaning har dushanba kuni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilishi belgilangan edi.
Bugun Bulung‘ur tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilariga “Halollik va to‘g‘rilik – oliy fazilat” mavzusida ma’naviyat darsi bo‘lib o‘tdi. Unda korrupsiya jamiyat kushadasi ekanligi haqida tushunchalar berilib, korrupsiyaning salbiy oqibatlar haqida videorolik namoyish etildi.


