📣 Har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkaziladi, gʻoliblar davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi

✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

👉 2026-yildan boshlab:

➖ taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha darsliklarning yangi avlodi yaratiladi;

➖ maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqiladi;

➖ maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lugʻatcham” rasmli lugʻat kitobi yaratiladi;

➖ bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqiladi;

👉 Qarorga asosan:

➖ umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻzbek tili mavzusida insholar tanlovi;

➖ oʻzbek tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi oʻtkaziladi;

➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar hamkorligida har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkazib boriladi;

➖ Mazkur olimpiada gʻoliblari respublika oliy taʼlim muassasalarining “filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili va adabiyoti” taʼlim yoʻnalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.