🔴 Muhim masalar tahlil qilinib, vazifalar belgilab olindi.

✅ Bugun Bulung‘ur  tumani Maktabgacha va maktab  ta’limi bo’limi boshlig‘i O.Jangirov umumta’lim maktablari direktorlari ishtirokida videochat orqali yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Asosiy fan olimpiadasida o‘quvchilar ishtiroki, o‘qituvchilarning attestatsiya sinovlaridagi faolligi, yangi baholash tizimiga o‘tgan maktablardagi jarayon, “Mening maktabim” loyihasi, “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovidan ro‘yxatdan o‘tish, xorijiy tillar fan o‘qituvchilarining milliy va xalqaro sertifikatlar olishi, kelajak.uzedu.uzplatformasida o‘quvchilarni to‘garaklarga biriktirish va davomatini yuritish, o‘quvchilar davomati, “Kelajak soati” darslarining o‘tilishi, “5 tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga o‘quvchilarning ishtiroki, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va obodonlashtirish ishlari, ijro intizomi kabi masalalr tahlil qilindi.

Yig‘ilish yakunida bo‘lim boshlig‘i tomonidan zarur ko‘rsatmalar berildi va kelgusi vazifalar belgilab olindi.