Bugun Bulung‘ur tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Men ham shu Vatanning bir boʻlagiman” shiori ostida “Sen iste’dodlisan” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
📚Tanlovda 27 nafar tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflari va uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan 3-10-sinf o‘quvchilari tasviriy sanʼat yo‘nalishida ishtirok etishdi.
📌Tanlovning asosiy maqsadi imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlashdir.
📍G’olib va sovrindorlar tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.


