🔴 Surxondaryo: maktablardagi qurilish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama etildi

Bugun Denov tumanida vazir E‘zoza Karimova boshchiligida tanqidiy-tahliliy ruhda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📊 Unda viloyat MMTB mas’ullari, tuman (shahar) bo’limlari mudirlari ishtirok etishdi.

Yig’ilish davomida ta’lim muassasalaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari, ta’lim sifatini oshirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari haqida so‘z yuritildi hamda tizim vakillarining axboroti tinglandi.

🔰Shuningdek, tashrif doirasida gazeta.uz internet nashrida yoritilgan, olis hududlaridagi maktab oÊ»quvchilari uchun avtobuslar masalasi o’rganildi va mahalliy hokimlik vakillari bilan ushbu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

➖ Shuningdek, Denov tumanidagi 82-maktab, Sariosiyo tumanidagi 12-, 24-, 58-maktablar va 23-MTT faoliyati ham ko‘zdan kechirildi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.