BO‘LIM BOSHLIG‘I MAKTABDA “KELAJAK SOATI” DARSINI O‘TDI.

Bulung‘ur tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov 22-umumta’lim maktabida 11-sinf o‘quvchilariga “O‘zbekiston va jahon” mavzusida “Kelajak soati” darsini o‘tdi.

Bo‘lim boshlig‘i tomonidan o‘quvchilarg mustaqil O‘zbekiston Respublikasining jahon miqyosida tobora yuksalib borayotgan obro‘-e’tibori, bu natijalarning asl sabablari, mazkur yo‘nalishda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar va ularning maqsad-mohiyati bilan o‘quvchilarni yaqindan tanishtirdi,
Shuningdek, o‘quvchilarda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lida tarixiy harakatga kirishgan o‘z Vatani, mustaqil mamlakati bilan faxrlanish tuyg‘usini kuchaytirishga harakat qilindi.