Agentlik rahbari Samarqand viloyatida o‘rganishda

🌍 Ushbu tashrif Samarqand shahrida o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.

 

Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Samarqandda bo‘lib, viloyatdagi tizim maktablari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

📍Tashrif davomida rahbar Bulung‘ur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Oqdaryo tumanidagi 1- va 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda bo‘lib, o‘quv jarayoni, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ustozlar faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalarini o‘rgandi.

Shuningdek, Agentlik rahbari Samarqand viloyatidagi tizim maktablarida ta’lim sifati, o‘quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar, ilg‘or tajribalar va mavjud muammolarni chuqur o‘rganib, ularni bartaraf etish hamda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar bermoqda.

🟢 Maqsad — ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifatini oshirish va samaradorlikni ta’minlash.