⚡️ Respublikamiz bo‘ylab joriy o‘quv yili uchun Asosiy olimpiadaning uchinchi – hududiy bosqichi barcha hududlarda start olish arafasida!
🗓 Olimpiada 1-guruh fanlari kesimida ushbu jadval asosida belgilangan sanalarda o‘tkaziladi.
✅Olimpiada yoʻriqnomasi bilan ushbu postda tanishishingiz ushbu postda tanishishingiz mumkin.
‼️‼️‼️
❗️Belgilangan vaqtda qatnashmagan o‘quvchilar uchun qayta olimpiada o‘tkazilmaydi.
➖Eslatma:
Jarayonlar boshlanishidan 1 soat oldin auditoriyaga kirish toʻxtatiladi. Kechikkan ishtirokchilar jarayonga kiritilmaydi.
Aziz o‘quvchilar!
📌Markaz olimpiadani shaffof va sifatli o‘tkazish, har bir ishtirokchining bilim va salohiyatini obyektiv baholash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda.
✅Olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilgan taqdirda, Markazning maxsus boti yoki ushbu (+998 71 207 05 24) telefon raqamga murojaat qilishingiz mumkin.
Olimpiadada omad yor bo‘lsin!
