Aziz bulung’urliklar!

Bugun yurtimiz hayotidagi eng muhim sanalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi. Bu hujjat xalqimizning azaliy orzu-intilishları, erkinlik va adolatga bo‘lgan sadoqati, inson sha’ni va qadr-qimmatini oliy qadriyat sifatida e’tirof etgan davlatimizning mustahkam poydevoridir.

Konstitutsiyamizda demokratiya, tenglik, ijtimoiy adolat, tinchlik va totuvlik kabi tamoyillar o‘z ifodasini topgan. U nafaqat huquqiy hujjat, balki farovon hayotimizning, yurtimizning barqaror taraqqiyoti va kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatning ramzidir.
Bugun bizning burchimiz — Asosiy qonunimizni chuqur hurmat qilish, uning talablariga amal qilish va uni hayotimizning bosh mezoniga aylantirishdir.
Hurmatli yurtdoshlar! Barchangizni Konstitutsiyaning 33 yilligi bilan tabriklayman. Yurtimizda tinchlik, baraka, birlik va ezgu maqsadlar sari dadil qadamlar tilayman.
 
Bayram muborak bo‘lsin! ✨
Hurmat bilan,
Samandar Astonov
Bulung‘ur tumani hokimi