Aziz yurtdoshlar! Qadrli ustozlar, soha xodimlari va muhtaram ota-onalar!

​Sizlarni hamda butun xalqimizni ma’naviy poklanish, sabr-qanoat va ezgulik ramzi bo‘lgan muqaddas Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman!

​Ushbu qutlug‘ ayyomda qalblarimiz yanada nurli, niyatlarimiz pok bo‘lsin.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta’lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda Sizlarga ulkan kuch-quvvat, matonat va zafarlar yor bo‘lsin. Zero, ilm-fan va ta’limga berilayotgan e’tibor — davlatimizning buyuk kelajagiga qo‘yilgan eng mustahkam poydevordir.

​Xonadonlaringizni tinchlik, totuvlik va fayz-u baraka aslo tark etmasin. Farzandlarimizning baxti, kamoli va ilmga bo‘lgan ishtiyoqi barchamizga g‘urur va quvonch bag‘ishlasin.

​Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Eʼzoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri