Aziz yurtdoshlar,
Qadrli hamkasblar!
Barchangizni kirib kelayotgan yangi — 2026-yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Yakunlanib borayotgan yil davomida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida salmoqli natijalarga erishildi. Barchamiz soha taraqqiyotiga xizmat qiladigan qator islohot va o‘zgarishlarning guvohi bo‘ldik. Bular avvalo, Davlatimiz rahbarining ta’lim sohasiga qaratayotgan yuksak e’tibori natijasidir.
Fidoyi ustozlarimiz va iqtidorli o‘quvchilarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratildi va bu jarayon izchil davom etmoqda. Amalga oshirilayotgan har bir tashabbus va loyiha esa yurtimizning porloq ertasini ko‘zlab amalga oshirilmoqda.
Hurmatli ustozlar!
Yangi — 2026-yil barchamiz uchun omadli va barakali kelsin!
Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan sohaga doir islohotlarga munosib hissa qo‘shish, yoshlarimizni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda barchangizga kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyat tilayman.
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
E’zoza Karimova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
