Bulungʻur tumanidagi 23-umumiy oʻrta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Radjabov Jonibek Odil o‘g‘li eng iqtidorli o‘quvchilardan biri.
Jonibek xalqaro IELTS imtihonidan 7.0 natijaini qo‘lga kiritgan.
Joriy yil bu oʻquvchimiz bir qator xorijiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan.
Yaqinda Jonibek dunyoning eng nufuzli TOP-300 oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiruvchi AQShning Kent State University, Roanoke college, Concord University, Eastern Michigan University oliy taʼlim muassasalariga talabalikka grant asosida qabul qilindi.
Ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan iqtidorli o‘quvchimiz Jonibekni, uning ota-onasini hamda ustozlarini chin qalbdan tabriklaymiz.
🖌 Bulungʻur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi

