Bugun 21-yanvar kuni tumandagi 1-umumta’lim maktabida Jinoyat ishlari bо‘yicha Bulung‘ur tuman sudining sudya yordamchisi Turdiboyeva Zilola Raxmonovna ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.


Davra suhbati davomida Z.Turdiboyeva O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi 2019-yil 2-sentabrdagi 561-sonli Qonuni bilan ya’ni xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari tog’risida gapirib o’tdi.
Mazkur davra suhbatining asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, o‘quvchilarni ogohlikka chaqirish va ularda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, ishtirokchilar zo‘ravonlikning turlari, ularning oqibatlari hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishtirildi.
