❓e-maktab.uz platformasidagi obunalarning ishlash tartibi qanday? Men ikki nafar farzandimni ushbu ilovadagi akkauntimga biriktirgan holda bir yil muddatga obuna boʻlgandim. Hozirda farzandlarimdan biri obunadan oʻchirilgan, bunga sabab nima?
✅ e-maktab.uz platformasida ikki turdagi obunalar mavjud: eMaktab Web va eMaktab PRO.
➖ eMaktab Web obunasi funksiyalariga veb-brauzer orqali kiriladi. Obuna har bir oʻquvchi uchun alohida rasmiylashtiriladi (yiliga 5 000 soʻm) va toʻlov faqat shu kalendar yil uchun amal qiladi.
➖ eMaktab PRO obunasi funksiyalariga veb-brauzer yoki eMaktab.Oila ilovasi orqali kirish mumkin. Ushbu obuna turi oilaviy hisoblanadi va bitta ota-ona profiliga biriktirilgan barcha bolalarga tatbiq qilinadi. Obuna narxi (yiliga 60 000 soʻm) yillik yoki oylik amalga oshirilishi mumkin.
✅ eMaktab PRO obunasi barcha bolalarda ishlashi uchun ular “Qarindoshlar” boʻlimida bitta ota-ona profiliga biriktirilgan boʻlishi shart. Agar bola ota-ona profilidan ajratib yuborilgan boʻlsa, tizim uni avtomatik tarzda alohida foydalanuvchi deb hisoblaydi va obuna u uchun amal qilishdan toʻxtaydi.
➖ Oilaviy obunani tiklash uchun maktab rahbariyati yoki sinf rahbariga murojaat qilgan holda bolaning profilini ota-ona profiliga qayta biriktirish zarur. Ushbu amaliyotni ikki va undan ortiq farzandlar turli maktablarda oʻqigan taqdirda ham bajarish mumkin.
👉 Bola ota-ona profiliga qayta biriktirilgandan soʻng, bitta eMaktab PRO obunasi yana barcha bolalarda amal qiladi hamda ularning har biri uchun alohida obuna sotib olish zarurati boʻlmaydi.
