✅ Samarqand viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari diqqatiga!
Sport vazirligining 2025-yil 14-fevraldagi tegishli qaroriga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining “Jismoniy tarbiya” fani pedagog kadrlarini o‘quv fanidan ikkinchi bosqich amaliy imtihon jarayonlari tashkil etilmoqda.
“Jismoniy tarbiya” fani pedagog kadrlarni ikkinchi bosqich amaliy imtihonlari 2025-yil 12–17-noyabr kunlari (soat 09:00 da) bo’lib o’tadi. Hududlar kesimida amaliy imtihon jarayonlarining o‘tkazish joyi, manzili va sanasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
✔️ Amaliy imtihonlarda ishtirok etish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
👉 BATAFSIL…
Qo’shimcha ma’lumot uchun telefon: +998 95 350 72 70
