🖥2026-yil yanvar oyida “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida Bulung‘ur tumanidagi o‘quvchi, talaba va yoshlar uchun Samarqand viloyati bo‘ylab sayohat tashkil etildi.


Mazkur tashabbus yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish, milliy merosimizni yaqindan tanishtirish hamda ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan. Sayohat davomida yoshlar Samarqand viloyatining tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari va diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishadilar.
Ayni paytda Bulung‘ur tumanidan 110 nafar yoshlar mazkur sayohatga jo‘nab ketdi.



