JARAYON

Xabar qilinganidek,  bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan vazirlikning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida oʻquv seminari ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi.
➖ Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova sohaga doir islohotlarni amalga oshirishda tizim masʼullarining oʻrni va vazifalari haqida atroflicha toʻxtalib oʻtdi.
✍️ Shuningdek, joriy yilda erishilgan yutuqlar hamda kelgusida rejalashtirilayotgan ishlar ijrosini izchil tashkil etishda tizimdagi har bir rahbar va xodimlarning fidoyiligi muhim ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova 2025-yilda yoʻlga qoʻyilgan ishlar hamda mavjud imkoniyatlar haqida tahliliy maʼlumot berdi. Xususan, yangi tashkil etilgan “Kelajak markazlari”ning asosiy vazifalari hamda hududiy markazlar faoliyatiga qisqacha toʻxtalib oʻtdi.
🔹 Tadbir doirasida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbarlarining hisobotlari hamda sohani rivojlantirishga doir takliflari tinglandi.
👉 Ma’lumot uchun: bugun kunning ikkinchi yarmida Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oʻquv seminarining asosiy mashgʻulotlari tashkil etiladi.