“Jadidlar izidan” tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchilari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida



✅ Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining final bosqichi qatnashchilari poytaxtga yetib kelishdi.
🔴 Yakuniy bosqichdan oldin o‘quvchilar uchun qator madaniy va ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, ular Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib, eksponatlar va videokontentlar orqali yurtimiz tarixi, turli asrlarda ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti bilan yaqindan tanishishdi.
⏰ Maʻlumot oʻrnida: tanlovning final — Respublika bosqichi 17-20-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi, gʻoliblar xorijga taʻlim sayohati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishadi.
