Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 28-oktabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligini oʻtkazish haqida”gi 412-sonli buyrugʻining 3-bandiga asosan, sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sodir etilishi va bunday muhitni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uchun xodimlar va aholi oʻrtasida ijtimoiy tarmoqlar orqali anonim soʻrovnomalar oʻtkazish vazifasi belgilangan.
Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tizimda korrupsiya holatlari toʻgʻrisida axborot toʻplash, bunday vaziyatlarni aniqlash, aholi hamda barcha darajadagi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini oʻrganish maqsadida vazirlik tomonidan “Anonim soʻrovnoma” (savolnoma) ishlab chiqilgan.
Soʻrovnomaning barcha natijalari anonim hisoblanadi va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha yanada samarali chora-tadbirlar belgilash uchun asos boʻladi.
