Maktabgacha ta’lim muassasasida “Fuqaro muhofazasi kuni” o‘tkazildi

Ma’lumki, yoshlarni hayot faoliyati asoslariga o‘rgatish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qila olish bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Bulung‘ur tumani 1-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Fuqaro muhofazasi kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida tarbiyalanuvchilarga tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar haqida sodda va tushunarli tarzda ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yong‘in xavfsizligi qoidalari, zilzila yoki boshqa favqulodda holatlarda o‘zini qanday tutish lozimligi amaliy ko‘rgazmalar orqali tushuntirildi.

Bundan tashqari, bolalarda qutqaruvchilarga nisbatan qiziqish uyg‘otish, ularning jasorati va fidoyiligi haqida tushunchalar berish orqali ushbu kasbga mehr uyg‘otishga alohida e’tibor qaratildi.