✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Sen iste’dodlisan” tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda vazir o‘rinbosari Farhod Boqiyev, ustozlar, ishtirokchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
🔰 Tadbir doirasida 2 yo‘nalish bo’yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar taqdirlandi. Gʻoliblar nominatsiyalar bo‘yicha diplom, vaucher hamda qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritishdi.
➖ Ma’lumot o‘rnida: mazkur tanlov ilk bora tashkil etilmoqda va estrada-vokal hamda tasviriy san’at yo‘nalishlarida 5 ming nafardan ortiq o‘quvchilar kuch sinashishdi.
Jarayonlar “Men ham shu Vatanning bir bo‘lagiman” shiori ostida, 3-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etildi.








