#Maktabgacha_taʼlim

🇺🇿🇰🇷Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda kadrlar tayyorlash, oʻqitish va rivojlantirish kompleks markazini qurish orqali maktabgacha taʼlim pedagog kadrlari malakasini oshirish” loyihasi doirasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

 

🔴3-5 noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Dong-Eui universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Farg’ona viloyati Quvasoy shahridagi 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amaliy tajriba almashish mashg’ulotlari o’tkazilmoqda.

➡️Ushbu amaliy mashg’ulotlar 2025-yil sentyabrdan joriy etilgan “O‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya” jarayonining oraliq monitoring bosqichidir.