Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan:

Umarova Hilola Oʻktamovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining pedagogik taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʻlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.