✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova bugun Samarqand viloyatidagi qator taʼlim tashkilotlari faoliyatini koʻzdan kechirdi.


➖ Dastlab Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy laboratoriya hamda oʻquv jarayonlari bilan tanishdi.
➖ Universitet jamoasi bilan muloqot davomida ilmiy-amaliy loyihalar, raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlash sifati haqida soʻz yuritildi.
➖ Oʻrganish jarayonlari viloyatning Urgut tumanidagi 1-sonli kasb-hunar texnikumida davom etdi. Pedagoglar bilan uchrashuvda yoshlarni kasbga oʻqitish hamda xorijiy tillarni oʻrgatish zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning muhim omili ekanligi alohida taʼkidlandi.
📍 Tumandagi 1-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda 133-umumtaʼlim maktabida olib borilgan oʻrganishlar davomida tarbiyalanuvchi va oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, taʼlim muassasalari moddiy-texnika bazasi, oʻquv xonalarining jihozlanishi masʼullar ishtirokida koʻrib chiqildi.
👉 Tahliliy oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda taʼlim sifatini yanada oshirish boʻyicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi.
