#Sarhisob

✅ Joriy yilda inklyuziv taʼlim va mehrli maktab faoliyatini rivojlantirish yoʻnalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

➖ 208 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tajriba-sinov tariqasida 434 ta inklyuziv taʼlim guruhi tashkil etildi va ularga 1 223 nafar nogironligi boʻlgan bola jalb etildi;

➖ 1 073 ta maktabda inklyuziv taʼlim joriy etildi va 2 608 nafar nogironligi boʻlgan bola inklyuziv taʼlimga jalb etildi;

➖ 208 ta tuman (shahar)dagi bittadan umumtaʼlim maktabi inklyuziv taʼlim talablariga moslashtirildi;

➖ 2 101 nafar inklyuziv taʼlim hamda 3 231 nafar uyda yakka tartibda taʼlim olayotgan 3-10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ilk bor “Men ham shu Vatanning bir boʻlagiman” shiori ostida “Sen isteʼdodlisan” respublika tanlovi tashkil etildi;

➖ uyda taʼlim olayotgan 1-4-sinf oʻquvchilariga 12 turdagi, 5-11-sinf oʻquvchilariga 8 turdagi oʻquv qurollaridan iborat “Prezident sovgʻa”lari yetkazib berildi;

➖ “Uyda-taʼlim.uz” platformasi yaratildi hamda uyda taʼlim olayotgan oʻquvchilarning gadjetlar orqali elektron va video darslarni koʻrish imkoniyati yaratildi;

➖ Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida “Mehrli maktab” filiallari tashkil etildi.