⚡️Yil davomoda samarali mehnat qilganlar e’tirof etildi.
Bugun Bulung‘ur tumanida yil davomida faol va samarali mehnat qilgan mahalla raislari, hokim yordamchilari, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo’yicha ishchi guruh hamda soliq inspektorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda hududni rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va byudjet tushumlarini oshirish borasida fidokorona xizmat qilgan mutaxassislarning mehnati e’tirof etildi.


