Ta’lim muassasasida “Ertalabki saflanish” tadbiri va “Kelajak soati” darslari bo‘lib o‘tdi.

📍Bulung’ur tumanidagi 1-umumta’lim maktabda bo‘lib o‘tgan “Ertalabki saflanish” tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan o’tkaziladigan tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Hafta davomida faol bo‘lgan, yutuqqa erishgan o‘quvchilar va o‘qituvchilar taqdirlandi. Jumladan, o’quv yilining I choragida barcha fanlardan eng yuqori baholarga o’qigan o’quvchilar:

1️⃣ Ismoilov Sardor (5-“A” sinf);
2️⃣ Abduxalilova E’zoza (5-“B” sinf);
3️⃣ Yaxshiboyeva Charos (5-“G” sinf);
4️⃣ Baxtiyorova Laylo (6-“B” sinf);
5️⃣ Ummatova Sevinch (6-“D” sinf)

hozirda AQShda bo‘lgan maktabning sobiq bitiruvchisi Suvanqulov Suhrob Yunusovich homiyligida pul mukofotlari bilan rag’batlantirildi.

📍Shundan so‘ng, barcha sinflarda “O‘zbekiston bayrog‘i” mavzusida “Kelajak soati” darslari bo‘lib o‘tdi.