✅ Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 8-oktabrdagi 376-sonli “Bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 2025-2026-oʻquv yilining I chorak yakuni boʻyicha summativ baholash sinovlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 23-30-oktabr kunlari Bulung‘ur tumanidagi 10 ta (1-, 2-, 3-, 5-, 11-, 22-, 32-, 42-, 54-, 69) umumtaʼlim maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari uchun onlayn shaklda o‘tkazilishi belgilangan.
Bugun tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov 3-umumta’lim maktabida bo‘lib, 5-sinf o‘quvchilarining summativ baholash sinovlarini oʻtkazish jarayoni bilan tanishdi.
✅ Shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosari O.Sattorov va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirovlar 34-sonli “Jasorat maktabi”da tashkil etilgan “Jasorat sinfi”ning jihozlahishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan saroyitlarni ko‘zdan kechirdi.

