Vazirlik rahbariyati vakillari Samarqand viloyati ta’lim muassasalarida

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova hamda vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov bugun Samarqand viloyatidagi qator ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

➖ Xususan, Pastdarg‘om tumanidagi 39-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va 3-umumtaʼlim maktabida olib borilgan o‘rganishlar davomida muassasa pedagoglari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

✅ Oqdaryo tumanidagi 2-umumta’lim maktabi hamda 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab, 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar bilan tanishish davomida aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga o‘z tavsiyalar berildi.

Ishtixon tumanidagi 1-umumta’lim maktabi hamda 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, o‘qituvchilar malakasini oshirish, bog‘cha tarbiyalanuvchilariga yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berildi.

👉 Bulung‘ur tumanidagi 6- va 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 2-umumta’lim maktabi hamda Urgut tumanidagi 32-maktabda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha qilinayotgan ishlar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi.