XALQARO HAMKORLIK

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Sherzod Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi huzuridagi Til ta’limi va hamkorlik markazi direktori o‘rinbosari Lyu Szyansin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

 

➖ Unda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, xususan, pedagoglar almashinuvi, malakali mutaxassislar va til egalarini jalb etish to‘g‘risida fikr almashildi.

Muloqot yakunida, vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Til ta’limi va hamkorlik markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

🔰 Ma’lumot uchun: Memorandumga ko‘ra, o‘zbekistonlik mahalliy xitoy tili o‘qituvchilarini malakasini oshirish, xitoy tilidan o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish, xitoy tili ta’lim sifatini monitoring qilish, O‘zbekistonda xitoy tilini bilish testini o‘tkazish (HSK) yo‘nalishlarida hamkorlik ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.