“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda …

🟢 Maktabgacha ta’lim tashkilotida”Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi
✅ Bugun Bulung‘ur tumanidagi 11-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida seminar bo’lib o’tdi.
🌿 Seminarda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i O.Jangirov va barcha maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari ishtirok etishdi.
🌿 Bo‘lim boshlig‘i “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, ta’lim tashkilotlarining hududini ko‘kalamzorlashtirish to‘g‘risida so‘z yuritdi.
🌿 So‘ngra, 11-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududining orqa qismidagi yer maydoniga  200 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Yosh avlod bogʻi” yaratildi.