✅ Bugun Bulung’ur tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov maktab o’qituvchilari o’rtasida “Yil o’qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi o’tkazilishi belgilangan 36-umumtaʼlim maktabga tashrif buyurdi.



✅Bo’lim boshlig’i jarayonni o’tkazishga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.
Tanlovni ko’tarinki ruhda, sifatli o’tkazish va barcha shart-sharoyitlarni ta’minlash bo’yicha maktab rahbariyatiga tegishli tavsiyalar berdi.
👉 Maʼlumot uchun: “Yil oʻqituvchisi” tanlovi Tashkiliy qoʻmitasining qaroriga asosan, tanlovning ikkinchi bosqichi joriy yilning 10-fevral kuni belgilangan umumtaʼlim maktablarida boshlanishi rejalashtirilgan
