✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova bugun Indoneziyaning Boshlang‘ich va o‘rta ta’lim vaziri Abdul Mu’ti bilan muloqot olib bordi.
➖ Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona va hamkorlikdagi navbatdagi ishlar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, Indoneziya bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish hamda sohaga doir loyihalarda samarali va muvaffaqiyatli natijalarga erishishda bu kabi muloqotlarning o‘rni katta.
➖ Shu ma’noda vazirlar o‘qituvchilar malakasini oshirish, ta’lim tizimiga jahon standartlariga mos metodik usullarni joriy qilish bo‘yicha hamkorlikdagi rejalar hamda boshqa muhim masalalarni atroflicha muhokama qilindi.
➖ Vazir E’zoza Karimova bugunning o‘zida YUNESKO qoshidagi Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy ta’lim markazi (APCEIU) direktori Lim Xyon Muk bilan o‘zaro muloqot olib bordi.
👉 Samimiy ruhda tashkil etilgan tadbirda mazkur markaz hamda xalqaro tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘yilayotgan loyihalar xususida so‘z yuritildi.

