➡️Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining majlislar zalida ZOOM platformasi orqali kengaytirilgan apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Unda tuman va shahar bo‘lim rahbarlari, ta’lim muassasalari mas’ullari hamda tegishli mutaxassislar ishtirok etdi.
➡️Yig‘ilish ta‘lim sohasida korrupsion holatlarni oldini olishga bag‘shlandi.
Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish, uni oldini olish, halollik va shaffoflik tamoyiliga amal qilish va bu illatga barcha birdek kurashib “Ta‘lim korrupsiyadan holi soha” shiori ostida xizmat qilish lozimligi ta’kidlandi.
Ta’kidlanganidek, õtgan vaqt davomida korrupsion jinoyatlarni sodir etgan ta’lim muassasalari misolida tahliliy axborotlar tinglanib, ilm dargohlarida korrupsiya va jinoyatchilikni oldini olish, davlat mulkini asrab-avaylash, sohada byudjet mablagʻlaridan toʻg’ri foydalanish, davlat xaridlari, ishga qabul qilish va boshqa yoʻnalishlarda korrupsiya holatlarga yoʻl qoʻymaslik, mansab vakolatini suiste’mol qilmaslik bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat va javobgarlikni kuchaytirish lozimligi aytib oʻtildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Umumta’lim maktablarida “Kelajak soati” darslarining samarali tashkil etilishi, o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar tahlil qilindi.
📎Shuningdek, viloyatdagi maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan ishlar, “Kasbiy rivojlanish kuni” hamda “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining mazmunli va tizimli yo‘lga qo‘yilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish davomida ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar va aniq topshiriqlar berildi.
➡️Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
