14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda “Vatanparvarlik oyligi” munosabati bilan tumandagi 2-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Mardlik, jasorat va sadoqat” mavzusida maktabning “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari bilan davra suhbati va sport musobaqalari o’tkazildi.






Tadbirda tuman “Afg’on” uyushmasi faollari ishtirok etdi. Ushrashuvda yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilgan Vatan himoyachilariga chuqur hurmat va ehtirom bildirildi.
So‘zga chiqqanlar o’quvchi yoshlarga vatanparvarlik, vatanni himoya qilish bu – oliy burch ekanligi haqida gapirdilar. Tadbir davomida sport musobaqalari ham o’tkazildi.
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayram tadbiri barcha maktablarda davom etmoqda. Bizni telegram kanalida kuzatib boring
