📚Bulungʻur tumanidagi 42-umumiy oʻrta taʼlim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.


Murojaatnomaning taʼlim tizimi xodimlari faoliyatidagi amaliy ahamiyati, uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berilib, amaliy tavsiyalar ilgari surildi. Mazkur targ‘ibot tadbiri pedagog va xodimlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish, davlat rahbari tomonidan belgilangan strategik vazifalarning mazmunini chuqur anglash hamda ularni faoliyatda izchil amalga oshirishga xizmat qiladi
