⚡️ Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

🔹Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan.

✅ Shu munosabat bilan, joriy yilning 26-mart kuni Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov 1-, 22-, 34-, 46-, 55-umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o’tkazdi.

🔹Uchrashuv davomida o‘quvchilarning orzu niyatlari, tanlagan OTMlari, taklif va muammolari tinglandi.
O‘quvchilarning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda kelajakda nufuzli OTM ga kirishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar alohida ta’kidlandi.