✅ Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti hamda Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 1988 yildagi qaroriga asosan, 1 dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.




Bulung‘ur tumanidagi 42-umumta’lim maktabida sana munosabati bilan o’quvchilar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida “Biz OITSga qarshimiz!” shiori ostida voleybol sport musobaqasi o’tkazildi.
