⚡️Asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

🔸Respublika Asosiy fan olimpiadasining Bulung‘ur tumani bosqichida umumta’lim maktablari, Ixtisoslashtirilgan maktab va “SMART WORDS” nodavlat maktabining 9-, 10-, 11-sinflarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar hamda 1-, 2-sonli Politexnikumining 1-, 2-bosqich talabalari 14 ta fan bo‘yicha bellashdi.

Asosiy fan olimpiadasi natijasiga ko‘ra, g‘olib bo‘lgan 121 nafar ishtirokchi viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

✅ Bugun g‘olib o‘quvchilarni taqdirlash uchun tashkil etilgan tadbirda Bulung‘ur tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

🔸Tadbirda yurtimizda ta’limga, yoshlarga berilayotgan e’tibor haqida so’z yuritildi. G‘olib o‘quvchilarga “Faxriy yorliq” va estalik sovg‘alar topshirildi.

O‘quvchilarimizga keyingi bosqichda ham omad tilab qolamiz.