✅ Bugun Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov tumandagi 5-, 71-umumta’lim maktablariga tashrif buyurdi.

🔸Bo‘lim boshlig‘i maktablarda ta’lim jarayoni, o‘quvchilar davomati va darslarda ishtiroki, obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

🔸O.Jangirov mazkur ta’lim muassasalarining o‘qituvchilar jamoalari bilan suhbatlashib, o‘quvchilar o‘rtasida psixotrop moddalarining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha fikrlarini tingladi.


🔸Bo‘lim boshlig‘i tashrifi davomida tashkilot rahbarlari va pedagog-xodimlarga zaruriy vazifalar va ko‘rsatmalarini berdi.
