📍Bugun Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov, bo‘lim xodimlari va bir guruh o‘quvchilar Qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Samarqand viloyati Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida bo‘lishdi.
📍Bo‘lim xodimlari va o‘quvchilar ushbu muzeyda Qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar olishdi.

