Bugun Bulung‘ur tumanidagi 23-umumta’lim maktabida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov ishtirokida hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.







Yig‘ilish kun tartibida sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan qator muhim masalalar mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Xususan, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va qamrov darajasini oshirish, maktab ta’limi sifatini yaxshilash hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlining oldini olish, murojaatlar va ijro intizomi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish davomida maktablarda va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2025-yilda barcha yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilanib olindi. Mas’ullarga belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida 2025-yil eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari jamoasiga minnatdorchilik bildirildi.
Mazkur hay’at yig‘ilishi sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish, tizimli ishlarni kuchaytirish va ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
