✅ Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov “3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan uy ta’limida tahsil olayotgan “Mingtepa” mahallasida yashaydigan 21-maktabning 9-sinf o‘quvchisi, “Bulung‘ur” mahallasida yashaydigan 22-maktabning 10-sinf o‘quvchisi va “Yangiobod” mahallasida yashaydigan 18-maktabning o‘quvchilari holidan xabar olindi






💬 Tadbir davomida tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo’lim boshlig’i O.Jangirov hamda masʼullar o’quvchilarning ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoit, o’quvchilarga o’tilayotgan dars jarayonlari, o’zlashtirishi bilan tanishdi. Ularning qiziqishlari, kelgusidagi orzu-maqsadlari haqida suhbatlashdi.
✔️ O’quvchilarning qiziqishlariga qarab qo’shimcha shart-sharoitlar yaratish bo’yicha vazifalar belgilab olindi.
