⚡️Iqtidorli o’quvchilarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi…

Bulung’ur tumanidagi 51-umumta’lim maktab rahbariyati Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritgan o’quvchilarning xonadonida bo’ldi.
Maktab direktori o’quvchilarni kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi.
Ularning ota-onalariga maktab ma’muriyatining “TASHAKKURNOMA” sini topshirdi.
O’quvchilarning ota-onalariga shunday farzand tarbiyalayotgani hamda maktab bilan doimiy hamkorlikda bo’lganligi uchun minnatdorchilik bildirildi.