🔵 Bugun Bulung’ur tumanidagi 69-umumiy o’rta ta’lim maktabining bir guruh o‘quvchilari ta’tilni mazmunli o‘tkazish, ichki turizmni rivojlantirish, boy tariximiz va madaniyatimiz bilan tanishish maqsadida Samarqand shahriga sayohatga chiqishdi.
O‘quvchilar Samarqand shahrining markazidagi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarda bo‘lishib, bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.
Bunday sayohatlar o‘quvchilar qalbida milliy g’urur va faxr tuyg‘ularini uyg’otadi.


