✅ Bugun Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan tadbir doirasida bir qator mamlakatlarning ta’lim sohasidagi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdik.

✅ Bugun Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bir qator mamlakatlarning ta’lim sohasidagi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdik.

Xususan, Turkiya Milliy ta’lim vaziri Yusuf Tekin bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildik.

📍 O‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida O‘mon Sultonligi Ta’lim vaziri Madina Al-Shayboni, Ozarbayjon Ta’lim vaziri o‘rinbosari Gasan Gasanli hamda Xitoy Ta’lim vaziri Xuay Szinpenlar Samarqand shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdilar.

🌐 Mehmonlar maktab kampusi va faoliyati, xususan, maktab laboratoriyasi, STEAM xonasi, ART xonasi hamda o‘quv xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdilar.

➖ Shuningdek, tadbirlar doirasida O‘mon Sultonligi Ta’lim vaziri Madina Al-Shayboni, Ozarbayjon Ta’lim vaziri o‘rinbosari Gasan Gasanli hamda Xitoy Ta’lim vaziri Xuay Szinpenlar bilan uchrashuv o‘tkazdik.

🔰Uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, o‘quvchi va o‘qituvchilar almashinuvi, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, shuningdek, davlatlar ta’lim vazirliklari tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro ta’lim tadbirlarida ishtirok etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

⏰ Ishonchim komilki, bu kabi tashabbuslar ta’lim tizimida teng imkoniyatlar yaratish, yoshlarimizning intellektual salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish hamda zamonaviy fikrlaydigan yangi avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.