✅ “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tkaziladigan sanalar ma’lum bo‘ldi!

➖ Ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda 656 171 nafar o‘quvchilar ishtirok etish istagini bildirdi.

Maktab, tuman-shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchilar hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

✅ 10-noyabr — Namangan viloyati, Namangan shahridagi 3-umumta’lim maktabida;
✅ 11-noyabr — Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida;
✅ 12-noyabr —Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridagi 25-umumta’lim maktabida;
✅ 13-noyabr —Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidagi 71-umumta’lim maktabida;
✅ 14-noyabr —Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabida;
✅ 17-noyabr —Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 43-umumta’lim maktabida;
✅ 18-noyabr —Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 23-umumta’lim maktabi hamda Xorazm viloyati Urganch shahridagi 22-umumta’lim maktabida;
✅ 19-noyabr —Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi 52-umumta’lim maktabida;
✅ 20-noyabr —Andijon viloyati, Andijon tumanidagi 1-umumta’lim maktabi hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 14-umumta’lim maktabida;
✅ 21-noyabr —Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 30-umumta’lim maktabida;
✅ 22-noyabr —Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi 8-umumta’lim maktabi hamda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 338-umumta’lim maktabida hududiy bosqichlar bo‘lib o‘tadi.

✈️ Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

🔴 Batafsil ma’lumotlarni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring.