➖ Unda vazir oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari masʻul xodimlari, pedagogika oliy taʻlim tashkilotlari, Pedagogik mahorat markazlari rahbariyati vakillari ishtirok etdi.




✅ Muhokamalar davomida sohaga doir amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim masalalar masʼullar ishtirokida atroflicha koʻrib chiqildi. Xususan:
➖maktabgacha taʼlim tizimini yanada rivojlantirish hamda va qamrov darajasini ko‘tarish;
➖maktab taʼlimi sifati hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish;
➖pedagog kadrlar tayyorlash tizimiga doir ustuvor vazifalar ijrosi;
➖oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
➖sohaga doir aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini rivojlantirish boʻyicha navbatdagi dolzarb masalalar xususida fikr yuritildi.
👉 Yigʻilish davomida vazirlik va hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari masʻullarining keltirib oʻtilgan mavzular boʻyicha hisobotlari tinglandi.
