✍️Tuman Maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi holat oʻrganildi

⬇️Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov, Bulung’ur tuman hokimi Samandar Astonov hamda tegishli masʼullar ishtirokida tumandagi maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻrganish ishlari olib borildi.

⬇️Tashrif davomida mutasaddilar tomonidan 6- va 7-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari koʻzdan kechirildi. Binolarda issiqlik tizimi, yoritish vositalari hamda bolalar xavfsizligini taʼminlash holati o‘rganilib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

⬇️Shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston” massivida qurilayotgan 330 oʻrinli yangi maktab binosi qurilish jarayoni bilan tanishildi. Qurilish ishlarining sifatli bajarilishi va belgilangan muddatlarda yakunlanishini taʼminlash yuzasidan pudratchi tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi.

⬇️Tashrif davomida 2-sonli umumtaʼlim maktabida ham boʻlib, tashabbusli budjet loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi sport zal qurilishi jarayoni oʻrganildi. Ushbu loyiha o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, jismoniy tarbiya darslarini zamonaviy sharoitda o‘tkazish imkonini yaratadi.

⬇️Shuningdek, Sherzod Karimov tumandagi ixtisoslashgan maktab faoliyati bilan ham tanishdi. Taʼlim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, o‘qituvchilarning malaka darajasi hamda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.